O'zbekiston

Toshkentda voyaga yetmagan bola do‘kondan 6,2 mln so‘m o‘g‘irladi

Qo‘riqlash xizmati xodimlari uni voqea joyida ushlab, pul mablag‘lari egasiga qaytarildi.

Toshkentda voyaga yetmagan bola do‘kondan 6,2 mln so‘m o‘g‘irladi

 

Toshkent shahrida voyaga yetmagan bola do‘kondan pul o‘g‘irlagani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voyaga yetmagan bola do‘kon eshigi tirqishidan ichkariga kirib, kassada saqlanayotgan 6 million 185 ming so‘mga yaqin pul mablag‘ini o‘g‘irlab ketgan.

 

Hodisa tungi xizmatni olib borayotgan Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlanib, gumonlanuvchi voqea joyidan chiqib ketayotganida qo‘lga olingan hamda ichki ishlar organlariga topshirilgan.

 

Tekshiruv davomida o‘g‘irlangan pul mablag‘lari to‘liq egalariga qaytarilgan.

 

O‘rganishlar chog‘ida mazkur savdo shoxobchasi Qo‘riqlash xizmati tizimiga ulanmagani aniqlanib, tadbirkor bilan tegishli shartnoma tuzilgan. Shuningdek, hududdagi boshqa savdo obyektlari ham ko‘zdan kechirilib, ularning egalariga mulk xavfsizligini ta’minlash, qo‘riqlash xizmatiga ulanish va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

Jinoyatni tezkor fosh etishda xizmat ko‘rsatgan Qo‘riqlash xizmati xodimlari rahbariyat tomonidan rag‘batlantirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.