O'zbekiston

Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lining bir qismi 10-avgustgacha yopiladi

Ta’mirlash ishlari davomida avtotransport vositalari qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi, tez tibbiy yordam mashinalari uchun esa alohida yo‘lak tashkil etiladi.

Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lining bir qismi 10-avgustgacha yopiladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan Arnasoy ko‘chasi oralig‘idagi qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan transport harakati vaqtincha cheklanadi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur uchastkada avval yo‘lning qarama-qarshi tomonida kapital ta’mirlash va yangi asfalt qoplamasini yotqizish ishlari yakunlangan. Endilikda ta’mirlash ishlari yo‘lning ikkinchi tomonida davom ettiriladi.

 

Shu sababli 6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan Arnasoy ko‘chasi oralig‘idagi ta’mirlanayotgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

 

Bu davrda avtotransport vositalari oqimi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga yo‘naltiriladi va harakat vaqtinchalik sxema asosida tashkil etiladi. Tez tibbiy yordam mashinalari uchun esa alohida vaqtinchalik harakat yo‘nalishi ajratiladi.

 

Mas’ullar haydovchilardan yo‘l belgilariga amal qilish, tezlikni pasaytirish hamda harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirishni so‘radi. Ta’kidlanishicha, cheklovlar yo‘lni sifatli kapital ta’mirlash va asfalt qoplamasini yotqizish ishlarini xavfsiz yakunlash maqsadida joriy etilmoqda.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"