O'zbekiston

Toshkentdagi Milliy bog‘da 4 yoshli qiz cho‘kib vafot etdi

Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkentdagi Milliy bog‘da 4 yoshli qiz cho‘kib vafot etdi

Toshkentdagi Milliy bog‘ sayilgohi hududidagi cho‘milish sohilida 4 yoshli qiz cho‘kib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Hodisa 5-avgust kuni soat taxminan 16:30 da Toshkent shahridagi Milliy bog‘ sayilgohi hududida joylashgan cho‘milish sohilida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol 4 va 8 yoshli nabiralari bilan cho‘milish uchun mazkur hududga kelgan. Cho‘milish jarayonida 4 yoshli qiz suvga cho‘kib ketgan.

 

Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq, ko‘rilgan barcha sa’y-harakatlarga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

 

Ma’lum qilinishicha, marhumaning tanasida tashqi tan jarohatlari aniqlanmagan. Hodisa yuzasidan tergov-tezkor guruhi, prokuratura hamda Sud-tibbiy ekspertiza byurosi xodimlari tomonidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

 

Hozirda qizning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi Milliy bog‘da 4 yoshli qiz cho‘kib vafot etdi | Zamon.uz