Jahon

Wildberries omborlarining bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin

Shuningdek, kompaniya uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarning bir qismini Belarus, Qozog‘istondagi omborlarga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Wildberries omborlarining bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin

 

Rossiyaning eng yirik marketpleyslaridan biri Wildberries Ukraina dronlari hujumlari ortidan logistika tizimini qayta tashkil etishni boshladi. Kompaniya uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarni Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi omborlarga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The MoscowTimes xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyadagi ombor quvvatlarining qariyb 20 foizi hujumlar oqibatida ishdan chiqqan. Shu sababli kompaniya xavfsizroq hududlardagi logistika markazlaridan foydalanishni kengaytirishni ko‘zlamoqda.

 

Wildberries vakillari sotuvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda uzoq muddatli saqlash omborlari endilikda asosan Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonda joylashishini, yetkazib berish muddatlari hamda logistika xarajatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik taqdim etilishini bildirgan.

 

Shu bilan birga, ayrim tadbirkorlar yangi logistika sxemasi yetkazib berish muddatlarini uzaytirishi, transport xarajatlarini oshirishi va bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Wildberries Toshkent viloyatida 170 ming kvadrat metr maydonga ega yirik logistika markazini barpo etmoqda. Loyiha Rossiya, O‘zbekiston va Yaqin Sharq bozorlarini bog‘lash, shuningdek, Xitoy orqali Afrika yo‘nalishidagi tranzit logistikasini rivojlantirishga xizmat qilishi rejalashtirilgan.

 

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, Rossiyadagi Wildberries logistika infratuzilmasining 17–22 foizi turli darajada zarar ko‘rgan. Kompaniya logistika zanjirlarini qayta shakllantirish bilan birga, kichik omborlar va qabul punktlari tarmog‘idan kengroq foydalanishni boshlagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.