O'zbekiston

“Bo‘rijar” kanalida cho‘kayotgan bolani qutqargan PPX xodimi va fuqaro taqdirlandi

Bolani qutqarishda jasorat ko‘rsatgan xodim va fuqaroning xizmatlari e’tirof etilib, ularga pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Bo‘rijar” kanalida cho‘kayotgan bolani qutqargan PPX xodimi va fuqaro taqdirlandi

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Sultanxodjayev ishtirokida Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida saf yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yig‘ilishda tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 

Tadbir yakunida inson hayotini saqlab qolishda jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan fuqarolar munosib taqdirlandi.

 

Xususan, “Bo‘rijar” kanalida cho‘milish vaqtida cho‘kayotgan 13 yoshli Muhamadni qutqarib qolgan Yakkasaroy tumani IIO FMB Post-patrul xizmati inspektori Rasul Jo‘rayevning tezkor harakati alohida e’tirof etildi. Shuningdek, qutqaruv jarayonida yordam ko‘rsatgan fuqaro Zuxriddin Eshquvvatovning jasorati ham munosib baholandi.

 

Ularning inson hayotini asrab qolish yo‘lidagi fidokorona harakatlari uchun Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultanxodjayev hamda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan tashakkurnoma, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.