O'zbekiston

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

 

Yangi tayinlangan Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev Prezidentga energetika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazilgani haqida ma’lum qildi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, yig‘ilishda energetika sohasidagi ishlarni mahallabay tashkil etish va har bir mahallaning energetik pasportini shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

 

Energetik pasportda mahalladagi iste’molchilar soni va toifalari, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz infratuzilmasining mavjud holati, uni ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun zarur mablag‘ va muddatlar, shuningdek, yangi iste’molchilarni tarmoqqa ulash imkoniyatlari aks ettiriladi. Imkoniyat yetarli bo‘lmagan hududlarda infratuzilmani kuchaytirish va kengaytirish bo‘yicha zarur choralar ham belgilanadi.

 

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

 

Buning uchun onlayn platformalarni ishga tushirish, ularni axborot va billing tizimlari bilan integratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Natijada aholi va tadbirkorlar mobil ilova orqali qarzdorlik va boshqa ma’lumotlarni istalgan vaqtda olish, shuningdek, ta’minotdagi uzilishlar haqida masofadan turib xabar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Mobil ilovalardan foydalana olmaydigan fuqarolar uchun esa qo‘ng‘iroqlar markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda murojaatlarga javob berish tezligi va sifatini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Energetika tizimidagi elektr energiyasi va tabiiy gaz yo‘qotishlari hamda qarzdorliklarni keskin kamaytirish ham ustuvor vazifalar qatoridan o‘rin olgan. Bu yo‘nalishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanib, soha xodimlari faoliyatini monitoring qilish, kunlik vazifalarni belgilash, hisobotlarni tahlil qilish va xavf-xatarlarni oldindan aniqlash tizimini kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, tarmoqlarda avariyalar va uzilishlarning oldini olish uchun muammoli hududlarni oldindan aniqlash, zarur hollarda quvvatlarni oshirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish choralari ko‘riladi.

 

Energetika sohasida tannarxni pasaytirish maqsadida raqobat muhitini rivojlantirish va bozor mexanizmlaridan foydalanishni jadallashtirish ham ko‘zda tutilgan.

 

Xususan, suyultirilgan gazning erkin bozorini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berilgan. Bunda tadbirkorlarning xorijdan suyultirilgan gaz import qilishi va uni aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga sotish jarayonlarini soddalashtirish, qo‘shimcha qulayliklar yaratish bilan birga, xavfsizlik talablarini ta’minlash maqsadida amaldagi texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish belgilangan.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"