O'zbekiston

Olmaotada insultni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Ayolga Qozog‘iston fuqarosi tomonidan yashash joyi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va hujjatlarni rasmiylashtirishda bepul ko‘mak berilgan.

Olmaotada insultni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligi ko‘magida Qozog‘istonda mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtida insultni boshdan kechirgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning murojaati va uning og‘ir salomatlik holati inobatga olinib, Bosh konsullik tomonidan O‘zbekistonga qaytishi uchun qaytish sertifikati rasmiylashtirilgan hamda Olmaota–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, Qozog‘istonning vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi va migratsiya organlari bilan hamkorlikda oʻzbekistonlik fuqaroning mamlakatdan qonuniy tartibda chiqib ketishi ta’minlangan.

 

Mazkur jarayonda Qozog‘iston fuqarolaridan biri ayolga bepul yordam ko‘rsatib, uni vaqtincha yashash joyi, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlagani, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etishda ko‘maklashgani uchun Bosh konsullik unga minnatdorlik bildirgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.