O'zbekiston

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

 

O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari AQShning inson kapitali va kadrlar ta’minoti sohasida faoliyat yurituvchi Korn Ferry kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi. Unda o‘zbekistonlik hamshiralarni AQSh tibbiyot muassasalariga tartibli va xavfsiz asosda jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Uchrashuvda asosiy e’tibor o‘zbekistonlik hamshiralarni AQSh tibbiyot tizimi talablariga muvofiq qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash, shuningdek, ularni Amerika sog‘liqni saqlash muassasalariga ishga jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratildi.

 

Muloqot davomida AQSh vakillariga O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasini tizimli tashkil etish, xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash hamda ularning xorijdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

 

“Korn Ferry” vakillari AQSh sog‘liqni saqlash tizimida hamshiralar hamda yordamchi klinik va texnik mutaxassislarga ehtiyoj mavjudligini qayd etdi. Ayniqsa, klinik tayyorgarligi, ingliz tili darajasi yuqori va litsenziyalash talablariga javob beradigan xorijiy mutaxassislarga talab katta ekani ta’kidlandi.

 

Kompaniya rahbariyati O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbusga qiziqish bildirgan hamda uni AQShdagi manfaatdor tibbiyot tizimlari, ish beruvchilar va hamshiralik ta’limi muassasalari bilan muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

 

Muzokaralar yakunida salohiyatli AQSh ish beruvchilarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, talab qilinadigan mutaxassisliklar, nomzodlarning malaka darajasi va tayyorgarlik mezonlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va AQShdagi hamshiralarni tayyorlash tizimlari o‘rtasidagi farqlar, jumladan, ingliz tili, klinik tayyorgarlik, malakani tan olish, litsenziyalash va immigratsiya talablarini qiyosiy tahlil qilish rejalashtirilgan.

 

Loyihani dastlab kichik pilot guruh bilan boshlash, uning natijalari va AQSh ish beruvchilarining talablaridan kelib chiqib, o‘zbekistonlik hamshiralarni jalb etish ko‘lamini bosqichma-bosqich kengaytirish istiqbolli yo‘nalish sifatida qayd etildi.

 

“Korn Ferry” 1969-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 50 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Kompaniya inson kapitalini boshqarish, mutaxassislarni tanlash va xalqaro kadrlar yollash yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"