O'zbekiston

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi


 
6-avgust kuni soat 16:00 atrofida Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, MAN rusumli yuk avtomobili Samarqand–Qashqadaryo yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda transport vositasi kabinasining salon qismida to‘satdan yong‘in kelib chiqqan.


 
Haydovchi avtomobilni to‘xtatishga uringan, biroq boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yuk mashinasi yo‘lning chap tomonidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.


 
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyining o‘zida vafot etgan.


 
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va barcha holatlarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"