Jahon

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa kelishuvini imzoladi

Tomonlar bir davlatga qarshi qurolli hujumni uchalasiga qarshi hujum sifatida ko‘rishga kelishdi.

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa kelishuvini imzoladi

 

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasida jamoaviy mudofaa va harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma mudofaa kelishuvi imzolandi.

 

Kelishuv Jidda shahrida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ishtirokidagi uchrashuvlar doirasida tuzildi.

 

Hujjatga ko‘ra, uch davlatdan biriga uyushtirilgan qurolli hujum barcha a’zo davlatlarga qarshi hujum sifatida baholanadi. Shu orqali tomonlar o‘zaro xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

 

Kelishuv doirasida harbiy hamkorlikni kengaytirish, xavfsizlik masalalarida o‘zaro muvofiqlashtirishni kuchaytirish hamda umumiy tahdidlarga qarshi hamkorlikda harakat qilish ko‘zda tutilmoqda.

 

Kelishuvning imzolanishi Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi mintaqasida harbiy-siyosiy keskinlik kuchayib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Mintaqadagi so‘nggi voqealar uch davlat o‘rtasidagi xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirgan.

 

Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasidagi mudofaa aloqalari 2025-yilda imzolangan strategik mudofaa kelishuvidan keyin yanada mustahkamlangan edi. Yangi uch tomonlama kelishuv esa Anqara, Ar-Riyod va Islomobod o‘rtasidagi xavfsizlik hamkorligini kengaytirishi kutilmoqda.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"