Jahon

Sun’iy intellekt yordamida tabiatda uchramaydigan viruslar yaratildi

AQSH olimlari sun'iy intellekt yordamida tabiatda mavjud bo‘lmagan 16 ta yangi virusni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Sun’iy intellekt yordamida tabiatda uchramaydigan viruslar yaratildi


 
AQSH olimlari sun’iy intellektdan foydalanib, tabiatda mavjud bo‘lmagan 16 ta yangi virus yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda AlJazeera xabar berdi.

 

Tadqiqotni Stenford universiteti va Arc Institute olimlari amalga oshirgan. Ular Evo 1 va Evo 2 nomli sun’iy intellekt modellaridan foydalanib, tabiatda uchramaydigan minglab virus genomlarini loyihalashtirgan. Laboratoriya sinovlarida ulardan 16 tasi funksional ekani tasdiqlanib, E.coli bakteriyalarini yuqtirish va yo‘q qilish qobiliyatini namoyish etgan.


 
Yaratilgan viruslar bakteriofaglar bo‘lib, ular faqat bakteriyalarni zararlaydi va odamlarga xavf tug‘dirmaydi. Olimlar bunday texnologiya antibiotiklarga chidamli infeksiyalarni davolash, individual bemor uchun mos bakteriofaglarni tez yaratish hamda yangi biologik terapiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.


 
Shu bilan birga, bioxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar sun’iy intellektning virus genomlarini yaratish imkoniyati kelajakda zararli maqsadlarda ham qo‘llanishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Ularning fikricha, bunday texnologiyalar rivojlanishi bilan nazorat mexanizmlari, DNK sintezi ustidan monitoring va xalqaro xavfsizlik qoidalarini kuchaytirish zarurati ortmoqda.


 
Tadqiqot mualliflari esa loyiha davomida faqat odamlarga xavf tug‘dirmaydigan bakteriofaglar bilan ishlanganini, barcha tajribalar bioxavfsizlik talablariga muvofiq o‘tkazilganini bildirgan. Ularning aytishicha, sun'iy intellekt biologiya va tibbiyotda yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin, biroq undan foydalanish qat'iy nazorat va xalqaro hamkorlikni talab qiladi.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"