O'zbekiston

Tailanddagi maktabda otishma sodir bo‘ldi

Qurbonlar orasida uch nafar o‘qituvchi va uch nafar o‘quvchi bor.

Tailanddagi maktabda otishma sodir bo‘ldi


 
Tailandning Nonthaburi provinsiyasidagi Debsirin Nonthaburi maktabida sodir bo‘lgan otishmada olti kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Mamlakat rasmiylari ma'lumotiga ko‘ra, hujumni maktab o‘quvchisi amalga oshirgan. Bu haqda ApNews xabar berdi.


 
Halok bo‘lganlar orasida uch nafar o‘qituvchi va uch nafar o‘quvchi bor. Jarohatlanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Gumonlanuvchi ham voqeadan so‘ng og‘ir yaralangan holda kasalxonaga olib ketilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u qurolni oila a'zolaridan biriga tegishli quroldan foydalangan.


 
Otishma vaqtida maktab binosida vahima yuzaga kelgan. O‘quvchilar va o‘qituvchilar sinfxonalarda yashiringan, ayrimlari derazalar orqali tashqariga qochishga majbur bo‘lgan. Politsiya hududni o‘rab olib, binoni bosqichma-bosqich evakuatsiya qilgan.


 
Bosh vazir Anutin Charnvirakul qurbonlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, voqea sabablarini har tomonlama o‘rganish hamda jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. Huquq-tartibot organlari hujum motivi va qurol maktabga qanday olib kirilgani yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.


 
Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida mamlakat janubidagi maktablardan birida ham otishma sodir bo‘lgan edi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"