O'zbekiston

Toshkentda ayolning intim suratlarni tarqatmaslik evaziga 3 ming dollar talab qilgan erkak ushlandi

U suratlarni ayolning oila a’zolariga ko‘rsatish va tarqatish bilan tahdid qilib, pul talab qilgan.

Toshkentda ayolning intim suratlarni tarqatmaslik evaziga 3 ming dollar talab qilgan erkak ushlandi

 

Toshkent shahrida ayolning shaxsiy foto va videolarini tarqatib yuborish hamda ularni oila a’zolariga ko‘rsatish bilan tahdid qilib, undan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, 1999-yilda tug‘ilgan ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 1995-yilda tug‘ilgan erkak uning turli vaqtlarda olingan intim foto va videolarini tarqatmaslik, shuningdek, oila a’zolariga ko‘rsatib sharmanda qilmaslik evaziga undan qariyb 3 ming AQSH dollari talab qilib kelayotganini bildirgan.

 

Murojaat asosida ichki ishlar organlarining Tezkor qidiruv departamenti va hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Tadbir davomida gumonlanuvchi Toshkent shahrining Mirobod tumanida ayoldan talab qilgan 3 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"