O'zbekiston

Toshkentda kvartira narxlari oshdi, hovlilar narxi pasaydi

Poytaxtdagi yangi qurilgan uylardagi kvartiralar narxi yillik hisobda 5 foizga qimmatlashgan.

Toshkentda kvartira narxlari oshdi, hovlilar narxi pasaydi

 

O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi choragidan boshlab uy-joy narxlari indeksini hisoblashning yangi metodologiyasiga o‘tildi. Yangi uslub Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari ko‘magida xalqaro statistik standartlar asosida ishlab chiqilgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi metodologiyada gedonik regressiya usulidan foydalanilmoqda. Bunda uy-joyning maydoni, joylashuvi, qavati, xonalar soni va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Shuningdek, uy-joy narxlari indeksini hisoblashda ilk bor yakka tartibdagi uylar ham inobatga olingan.

 

2026-yilning ikkinchi choragida Toshkent shahrida kvartiralar narxi birinchi chorakka nisbatan 1,3 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 3,9 foizga oshgan.

 

Poytaxtdagi yangi qurilgan uylardagi kvartiralar narxi yillik hisobda 5 foizga qimmatlashgan.

 

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi yakka tartibdagi uylar narxi chorak davomida 0,7 foizga pasaygan. Biroq ularning narxi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,2 foizga yuqori bo‘lib qolgan.

 

Hududlar kesimida esa yakka tartibdagi uylar narxi ikkinchi chorakda 2,8 foizga oshgan, yillik hisobda esa 2,7 foizga pasaygan.

 

Uy-joy bozorining segmentlari bo‘yicha birlamchi bozorda narxlar choraklik hisobda 0,7 foizga, yillik hisobda 7,1 foizga oshgan. Ikkilamchi bozorda esa mos ravishda 1,6 foiz va 4,2 foiz o‘sish qayd etilgan.

 

Qo‘mita yangi indeks e’lonlarda ko‘rsatilgan narxlar asosida shakllantirilishini, shu sababli u amalda tuzilgan oldi-sotdi bitimlarining yakuniy qiymatini aks ettirmasligini qayd etgan.

 

Toshkent shahri bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq OLX.uz e’lonlari asosida shakllantiriladi. Hududlarda esa ma’lumotlarning 48 foizi OLX.uz, qolgan 52 foizi boshqa ochiq manbalardan olinadi. 2026-yilning birinchi yarmida respublika bo‘yicha har chorakda qariyb 150 mingta uy-joy e’loni qayd etilgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi hozircha birlamchi va ikkilamchi bozorlar, shuningdek, Toshkent shahri va hududlar kesimida bir kvadrat metr uy-joyning o‘rtacha narxini e’lon qilishni rejalashtirmagan.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"