Jahon

Tramp AQShda “tug‘ilish turizmi”ga chek qo‘ydi

AQSh prezidenti mamlakatga farzand tug‘ish maqsadida kelib, bola orqali fuqarolik olish amaliyotini taqiqlovchi farmonni imzoladi.

Tramp AQShda “tug‘ilish turizmi”ga chek qo‘ydi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga farzand tug‘ish maqsadida kelib, chaqaloqning tug‘ilishi orqali avtomatik ravishda AQSh fuqaroligini olish amaliyoti — “tug‘ilish turizmi”ni taqiqlovchi farmonni imzoladi.

 

Bu haqda Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari Stiven Miller farmon imzolanishi marosimida ma’lum qildi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ayrim shaxslar AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olish imkoniyatidan tijoriy maqsadlarda foydalanmoqda. Prezident bunday amaliyot “shunday ishlashi kerak emasligi”ni ta’kidlagan.

 

Farmon, shuningdek, tug‘ilish orqali avtomatik fuqarolik olish huquqiga ega bo‘lmaydigan shaxslar doirasini kengaytiradi. Unga ko‘ra, AQShning xorijiy dushmanlari, xorijiy terroristik tashkilotlar a’zolari hamda ayrim xorijiy hukumatlar nomidan faoliyat yurituvchi shaxslarning farzandlariga nisbatan fuqarolik berish tartibiga cheklovlar qo‘yiladi.

 

Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, yangi chora AQShga aynan farzand tug‘ish va uning orqali fuqarolik olish maqsadida kelish amaliyotiga qarshi qaratilgan.

 

Bundan tashqari, Tramp tug‘ilish orqali fuqarolik masalasiga oid yana bir farmonni imzolagan. Unda ayrim toifadagi shaxslarning farzandlari tug‘ilishning o‘zi bilan avtomatik ravishda AQSh fuqaroligini olmasligi nazarda tutilgan.

 

AQSh Oliy sudi avvalroq Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklashga qaratilgan siyosati yuzasidan qarorlar chiqargan. Shu sababli yangi farmonlar ham huquqiy bahslarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

 

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqi mamlakat Konstitutsiyasining 14-tuzatmasi bilan bog‘liq bo‘lib, Tramp ma’muriyati mazkur tartibni qayta ko‘rib chiqishni o‘z siyosiy kun tartibining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ilgari surmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"