Jahon

Yevropadagi jazirama iqtisodiyotga 800 milliard yevrogacha zarar yetkazishi mumkin

Eng yirik moliyaviy yo‘qotishlar Fransiyada kuzatilishi mumkin.

Yevropadagi jazirama iqtisodiyotga 800 milliard yevrogacha zarar yetkazishi mumkin

Yevropada kuzatilayotgan kuchli issiqlik to‘lqini iqtisodiyot uchun jiddiy tahdidga aylanmoqda. EUobserver nashrining xabar berishicha, jazirama oqibatida Yevropa iqtisodiyotiga yetishi mumkin bo‘lgan umumiy zarar 800 milliard yevroga baholanmoqda.

 

Qayd etilishicha, haddan tashqari issiq ob-havo, ayniqsa ochiq havoda faoliyat yurituvchi qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda mehnat unumdorligining pasayishiga sabab bo‘lib, ishchilarni himoya qilish tizimidagi kamchiliklarni ham yuzaga chiqarmoqda.

 

Yevropa atrof-muhit agentligi (EEA) mutaxassisi Xans Martin Fyusselning ta’kidlashicha, ekstremal issiqlik nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi, balki Yevropa iqtisodiyoti va moliya sektori uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi.

 

Allianz SE tahliliga ko‘ra, Fransiya 2030-yilgacha yozgi jaziramalar sabab eng katta iqtisodiy yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Mamlakatda xavf ostidagi iqtisodiy mahsulot hajmi qariyb 240 milliard dollarni tashkil etadi. Shuningdek, Italiya, Ispaniya va Germaniya ham katta moliyaviy yo‘qotishlar ehtimoli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilgan.

 

Yevropa iqtisodiy zonasi iqlim bo‘yicha mutaxassisi Arianna Jannetti esa kuchli issiqlik to‘lqinlari ko‘plab tarmoqlar uchun tizimli xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyining ikkinchi yarmida G‘arbiy Yevropaning qator hududlarida havo harorati 40 darajadan yuqori ko‘tarilgan. Copernicus Yer kuzatuv dasturi iyun oyini kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy sifatida qayd etdi. Shu bilan birga, Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari joriy yilning o‘zida o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga 3 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"