O'zbekiston

2026-yil iyul oyi O‘zbekistonda rekord darajadagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Havo harorati me’yordan 1,3–2,8°C yuqori bo‘lib, ayrim hududlarda harorat 50°C gacha ko‘tarilgan.

2026-yil iyul oyi O‘zbekistonda rekord darajadagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Òzgidromet ma'lumotiga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida O‘zbekistonda havo harorati iqlimiy me’yorlardan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Hududlarning katta qismida o‘rtacha oylik harorat me’yordan 1,3–2,3°C, shimoliy va cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 2,5–2,8°C yuqori qayd etildi.

 

Oyning dastlabki kunlari nisbatan salqin kechib, kunduzgi harorat 27–32°C atrofida bo‘lgan. Iyul oyining ikkinchi besh kunligidan boshlab havo harorati keskin ko‘tarilib, 18–19-iyul kunlari O‘zbekistonning katta qismida issiqlik eng yuqori darajaga yetgan.

 

Ushbu kunlarda havo harorati aksariyat hududlarda 43–45°C, janubiy va cho‘l hududlarida esa 46–50°C gacha ko‘tarilgan. Ayrim hududlarda maksimal harorat bo‘yicha yangi rekordlar qayd etilgan.

 

Toshkent shahrida eng yuqori harorat 19-iyul kuni kuzatilib, 44,3°C ni tashkil etgan. Bu poytaxtda 1997-yil 18-iyulda qayd etilgan mutlaq maksimal ko‘rsatkichdan atigi 0,3°C past.

Issiq kunlarda tunlari ham harorat yuqori bo‘lib, ayrim hududlarda minimal harorat 30–33°C gacha yetgan.

 

40°C va undan yuqori harorat kuzatilgan kunlar soni markaziy va sharqiy hududlarda 3–8 kunni, respublikaning boshqa hududlarida 9–18 kunni, janubning ayrim hududlari va Qizilqum cho‘lida esa 19–23 kunni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichlar uzoq yillik o‘rtacha qiymatlardan ancha yuqori.

 

Iyul oyida yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha ham ayrim hududlarda noodatiy holat kuzatilgan. Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida oy davomida asosan quruq ob-havo hukm surgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"