O'zbekiston

30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylarning pensiyasi 100 foizgacha oshiriladi

Senat harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiya tayinlash tartibini belgilovchi qonunni ma’qulladi.

30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylarning pensiyasi 100 foizgacha oshiriladi

 

Senatining navbatdagi majlisida “Harbiy xizmatchilar (xodimlar) va ularning oila a’zolari uchun davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Mazkur qonun harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda ularning oila a’zolarining davlat pensiya ta’minotiga oid munosabatlarni yagona huquqiy asosda tartibga solishga qaratilgan.

 

Muhokama davomida ushbu sohadagi munosabatlar uzoq yillar davomida asosan sobiq Sovet Ittifoqi davrida qabul qilingan hujjatlar va ayrim xalqaro shartnomalar asosida tartibga solib kelingani qayd etilgan. Yangi qonun esa pensiya ta’minoti masalalarini O‘zbekiston Konstitutsiyasi va milliy qonunchilik talablari asosida belgilaydi.

 

Qonun bilan birinchi marta davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi, pensiya tayinlash shartlari hamda ularni hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash tartibi aniq belgilanadi.

 

Xususan, xizmat yillari uchun pensiya, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash bo‘yicha yagona tartib joriy etiladi.

 

Qonunda uzoq yillar davomida xizmat qilgan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy rag‘batlantirishga qaratilgan muhim o‘zgarishlar ham nazarda tutilgan. Jumladan, 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatchilar uchun pensiyaning maksimal miqdori 75 foizdan 100 foizgacha oshiriladi.

 

Mazkur kafolatlar faqat kelgusida pensiyaga chiqadigan harbiy xizmatchilarga emas, balki ayni paytda pensiya olayotgan hamda kalendar hisobida 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatchilar va xodimlarga ham tatbiq etiladi.

 

Qonunda harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki xizmat davomida olgan jarohati yoxud kasalligi oqibatida vafot etgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash bo‘yicha davlat kafolatlari mustahkamlanadi.

 

Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning ko‘p yillik xizmatini munosib baholash hamda oila a’zolarining huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

 

Muhokamalar yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"