Jahon

AQSh Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirilishi mumkin

Tegishli qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullandi.

AQSh Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirilishi mumkin

 

AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat Rossiya energetika resurslarini xarid qilayotgan mamlakatlarga nisbatan qo‘shimcha tariflar joriy etish imkonini beradi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Senatdagi ovoz berish jarayoni palataning rasmiy sayti orqali namoyish etildi. Endilikda qonun loyihasi AQSh Vakillar palatasida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

 

Hujjatga ko‘ra, AQSh Rossiyadan neft, uran va tabiiy gaz sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan ayrim tovarlarga 100 foizgacha tarif joriy etishi mumkin. Shuningdek, AQSh prezidentiga Rossiya tovarlariga nisbatan 500 foizgacha boj belgilash vakolati berilishi nazarda tutilgan.

 

Qonun loyihasida Eronga qarshi amaldagi sanksiyalarni 2031-yilgacha uzaytirish ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Eron bilan biznes yurituvchi AQShdan tashqaridagi kompaniyalarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar qo‘llash imkoniyati ham belgilanmoqda.

 

Senatdagi mazkur tashabbus Rossiyaning energetika eksportidan tushadigan daromadlarini cheklash hamda Eron bilan iqtisodiy aloqalarni qisqartirishga qaratilgan.

 

Shu bilan birga, qonun loyihasi hali yakuniy kuchga kirgan emas. U Vakillar palatasida ham ko‘rib chiqilishi va keyingi qonunchilik jarayonlaridan o‘tishi kerak.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"