Jahon

AQSH tarixida birinchi marta musulmon erkak senator bo‘lishi mumkin

41 yoshlik Abdul El-Sayed Michiganda Senat uchun praymerizda g‘alaba qozondi.

AQSH tarixida birinchi marta musulmon erkak senator bo‘lishi mumkin



Associated Press axborot agentligi va boshqa yetakchi OAVlar saylov uchastkalari yopilganidan 12 soat oʻtib, chorshanba kuni El-Sayedning tor doiradagi shiddatli poygada gʻalaba qozonganini eʼlon qildi. Deyarli barcha ovozlar sanab chiqilgach, El-Sayed 1 foizlik ustunlik bilan g‘alabaga erishgan. U isroilparast guruhlar tomonidan amalga oshirilgan 60 million AQSH dollardan ortiq saylov kompaniyasi xarajatlariga qaramay g‘alaba qozongan. U AQSH Senati uchun Demokratik partiyadan nomzodlikni qo‘lga kiritgan.

 

Seshanba kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalari El-Sayedni magʻlub etish harakatlariga bosh-qosh boʻlgan hamda uning raqibi — AQSH Kongressi aʼzosi Heyli Stivensni 30 million dollardan ortiq mablagʻ bilan qoʻllab-quvvatlagan Amerika-Isroil jamoatchilik bilan aloqalar qoʻmitasiga (AIPAC) juda ogʻir zarba boʻldi.



Noyabr oyidagi saylovda El-Sayed sobiq respublikachi kongressmen Mayk Rojers bilan kuch sinashadi. Ushbu poyga noyabrdagi oraliq saylovlarning eng shiddatli kechadigan Senat oʻrinlaridan biri deb hisoblanmoqda va prezident Donald Trampning qolgan vakolat muddati davomida palatani qaysi partiya nazorat qilishini belgilab berishi mumkin.
Kelib chiqishi misrlik boʻlgan El-Sayed noyabrda gʻalaba qozonsa, AQSH tarixidagi birinchi musulmon senatorga aylanadi.



2024-yilda Trampga ovoz bergan «tebranuvchi» (swing state) Michigan shtatidagi seshanba kungi natija Demokratik partiyaning Yaqin Sharqdagi nizolarga nisbatan yuritadigan siyosatiga katta taʼsir koʻrsatadi.

 

El-Sayed Isroilning Gʻazodagi xatti-harakatlarini genotsid deb tan oladi va Isroil manfaatlariga xizmat qiladigan mojarolarga sarflanayotgan mablagʻlar AQSHdagi mahalliy jamoalarga — sogʻliqni saqlash, uy-joy va infratuzilma muammolarini hal qilishga yoʻnaltirilishi kerak deb hisoblaydi.



Nomzodlarni qoʻllab-quvvatlamaydigan mustaqil “Arab-Amerika institute” ijrochi direktori Maya Berri El-Sayedning gʻalabasini “juda muhim voqea” deb atadi.



Uning taʼkidlashicha, saylovchilar siyosat haqida gapirmasdan, faqat “Abdul ismli arab-amerikalik musulmon erkak” haqida salbiy hujumlarga toʻla reklamalar seliga «uchishmadi».
“Mamlakatning qolgan qismi Michigan bu kabi bosimlarga taslim boʻlmasligini bilib olganidan juda xursandman”, — degan Berri Al Jazeera’ga.



Tramp El-Sayedning gʻalabasi respublikachilar uchun «ajoyib xabar» ekanini aytdi.



“Yahudiylar va Isroilni yomon koʻradigan kommunist omadsiz El-Sayed Sotsialist bilan boʻlgan poygada taxminiy gʻolib boʻldi”, — deb yozdi AQSH prezidenti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



“Odatdagidek, soʻrovnomalar bu safar ham juda koʻp xato qildi. U (Stivens) bunchalik yaxshi natija koʻrsatishi kutilmagandi. Endi dem-ahmoqlarning (Dumocrats) tentakcha siyosati yanada yomonlashadi!”

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"