Jahon

Eron AQSH bilan kelishuvga tayyor edi — Pezeshkian

Eron prezidenti AQSH bilan barbod bo‘lgan kelishuv tafsilotlarini ilk bor oshkor qildi.

Eron AQSH bilan kelishuvga tayyor edi — Pezeshkian

 

Eron prezidenti Masud Pezeshkian Tehron urush va keskinlikni istamasligini, biroq Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy bazalaridan hujum uyushtirilgan taqdirda mamlakat o‘zini himoya qilish huquqini saqlab qolishini ma’lum qildi.

 

Pezeshkianning ta’kidlashicha, Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarda muhim kelishuv loyihasi bo‘yicha asosiy masalalar amalda kelishib olingan. Hujjatga qo‘shimcha qonuniylik berish maqsadida uni AQSH prezidenti Donald Tramp shaxsan imzolashi kutilgan.

 

Biroq Eron prezidentining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar jarayoni 24 soatdan kam vaqt ichida keskin o‘zgargan va yakuniy kelishuvga erishilmagan. Pezeshkian kelishuv dastlab Eron rahbariyati tomonidan ma’qullanganini ta’kidlagan.

 

Eron prezidenti mamlakat mintaqada urush yoki boshqa davlatlarga hukmronlik qilishni maqsad qilmaganini qayd etgan. Uning fikricha, Islom Respublikasiga nisbatan tashqi bosim va tahdidlar to‘xtatilsa, mintaqadagi keskinlikni bartaraf etish uchun sharoit yaratiladi.

 

Shuningdek, Pezeshkian hukumat va harbiylar o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjudligi, hukumat ichida bo‘linish yuzaga kelgani hamda uning iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etgan.

 

U Eron o‘z huquqlarini qurolli qarama-qarshilikdan ko‘ra, muzokaralar orqali ta’minlashni afzal ko‘rishini bildirgan.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"