Jahon

Lionel Messining otasi vafot etdi

Xorxe Messi Lionel Messining futbolchilik faoliyati davomida uning vakili va agenti sifatida ham faoliyat yuritgan.

Lionel Messining otasi vafot etdi

 

Argentinalik futbolchi Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Argentinaning Infobae nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xorxe Messi Argentinaning Rosario shahridagi klinikada uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Uning o‘limiga sabab bo‘lgan aniq kasallik haqida ma’lumot berilmagan.

 

Xorxe Messi o‘g‘lining professional faoliyatida muhim rol o‘ynagan va uzoq yillar davomida uning agenti sifatida faoliyat yuritgan.

 

2026-yilgi Jahon chempionati vaqtida Lionel Messi Jazoirga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etganidan so‘ng ko‘z yoshlarini tiyib turolmagandi. Futbolchi o‘sha paytda boshidan bir necha og‘ir kunlar o‘tayotganini bildirgan, biroq bu holatni futbol bilan bog‘lamagan.

 

Keyinchalik Messining otasi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab davolanayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Iyun oyida futbolchining oilasi Xorxe Messi tibbiy nazorat ostida ekanini va uning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarayotganini ma’lum qilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"