O'zbekiston

O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berishga ruxsat beriladi

Senatorlar bu o‘zgarish milliy va diniy an’analarni hisobga olishga xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berishga ruxsat beriladi

 

O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyati qonunchilikda mustahkamlanmoqda.

 

Tegishli qonun bilan Oila kodeksining 69-moddasiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ota-onalarga bolaning familiyasini belgilashda otasining ismidan familiya sifatida foydalanish imkoniyati beriladi.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Shu bilan birga, milliy an’analardan kelib chiqib, ayrim hollarda boboning ismini bolaning familiyasi sifatida berish amaliyoti ham mavjud.

 

Yangi tartib ushbu imkoniyatni qonunchilik darajasida aniq belgilashga qaratilgan.

 

Senatorlar bolaning otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyatini qonunchilikda mustahkamlash fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur o‘zgarish milliy va diniy an’analarni hisobga olgan holda fuqarolarning xohish-istaklarini amalga oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

 

Qonun bilan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonunchilikka ham qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, arxiv ishi sohasidagi vakolatli davlat organlarining vakolatlari aniqlashtiriladi, nodavlat va elektron arxivlarni tashkil etish tartiblari, shuningdek, arxiv hujjatlarining idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlanish muddatlari belgilanadi.

 

Faol muhokamalardan so‘ng qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"