O'zbekiston

O‘zbekistonda botanika bog‘lariga tashriflar soni 3,8 barobarga oshdi

2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 3 ta botanika bog‘i faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistonda botanika bog‘lariga tashriflar soni 3,8 barobarga oshdi

 

O‘zbekistonda botanika bog‘lariga tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada oshgan. 2025-yil davomida mamlakatdagi botanika bog‘lariga jami 1 million 170 ming kishi tashrif buyurgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 3,8 barobarga ko‘p. Bu esa aholining botanika bog‘lari va ulardagi tabiiy o‘simliklar kolleksiyalariga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

 

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 3 ta botanika bog‘i faoliyat yuritmoqda. Ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati va Toshkent shahrida joylashgan.

 

Statistik ma’lumotlarda qayd etilishicha, 2025-yil davomida botanika bog‘larining umumiy maydoni ham kengaygan. Bir yil ichida ularning maydoni 6 gektarga oshib, 113,3 gektarga yetgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"