O'zbekiston

O‘zbekistonlik bokschi AQSHda hibsga olinib, deportatsiya qilindi

Bokschining so‘zlariga ko‘ra, u qamoqxonada 45 kun saqlangan.

O‘zbekistonlik bokschi AQSHda hibsga olinib, deportatsiya qilindi

 

O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov AQSHda immigratsiya bilan bog‘liq holat sabab hibsga olinib, keyinchalik mamlakatdan deportatsiya qilingan.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 21-mart kuni Joshua Kevin Antonga qarshi jangdan so‘ng Abduqahhorov Los-Anjelesdan Pensilvaniyaga yo‘l olgan. Bokschining aytishicha, u ushbu hududda yashab, ishlagan.

 

Oradan bir necha kun o‘tib, Abduqahhorov politsiya tomonidan to‘xtatilgan va AQSH Immigratsiya va Bojxona nazorati xizmati (ICE) ixtiyoriga olingan. Keyinchalik u Vayoming shtatidagi Suituoter okrugi qamoqxonasiga o‘tkazilgan.

 

Bokschining so‘zlariga ko‘ra, u mazkur qamoqxonada 45 kun saqlangan. Shuningdek, 25 ming dollar garov puli to‘lagani, advokati bilan esa qamoqqa olinganidan taxminan bir oy o‘tib uchrasha olganini bildirgan.

 

Abduqahhorovning menejeri bokschining AQSHdagi ish vizasi muddati tugaganini ma’lum qilgan. Unga O‘zbekistonga qaytish tavsiya etilgan bo‘lsa-da, sportchi AQSHda qolib, DoorDash kuryeri sifatida ishlashni davom ettirgan.

 

Keyinchalik Abduqahhorov Filadelfiyada yana qo‘lga olingan va AQSHdan deportatsiya qilingan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"