O'zbekiston

Qurilish sohasi Yangi O‘zbekiston qiyofasini belgilamoqda — Shavkat Mirziyoyev

Prezident quruvchilar, me’morlar, muhandislar va soha faxriylarini Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan muborakbod etdi.

Qurilish sohasi Yangi O‘zbekiston qiyofasini belgilamoqda — Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev quruvchilar, me’morlar, muhandislar, loyihachilar, mashinist va mexaniklar hamda soha faxriylarini Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan tabrikladi.

 

Prezident o‘z tabrigida qurilish sohasi mamlakatning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hududlarni obod qilish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi 9 yilda O‘zbekistonda 210 million kvadrat metrdan ziyod bino va inshootlar, jumladan, 647 mingta kvartiraga ega uy-joylar barpo etilgan. Joriy yilda yana 140 mingta yangi kvartirani foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, 2040-yilgacha mamlakatda yiliga quriladigan uy-joylar sonini 280 mingtagacha yetkazish va “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 120 taga ko‘paytirish ko‘zda tutilgani qayd etildi.

 

Tabrikda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Burhoniddin Marg‘inoniy turizm markazi hamda Yangi Toshkent, Nurafshon, Bobur, Shirin va Al Xorazmiy kabi yirik loyihalarda quruvchilarning hissasi alohida e’tirof etildi.

 

Prezident sohada ruxsat berish jarayonlari va muddatlari qisqartirilgani, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida zamonaviy elektron platformalar ishga tushirilgani hamda nazorat jarayonlari raqamlashtirilganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, qurilishda sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, inson omilini kamaytirish va korrupsiyaviy xavflarning oldini olish borasidagi ishlar davom ettirilishi qayd etildi.

 

Davlat rahbari soha xodimlarining bilim va tajribasi, kasb mahoratini oshirish hamda ularning mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish bundan buyon ham e’tibor markazida bo‘lishini bildirdi.

 

Prezident barcha qurilish sohasi xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ishlarida yangi yutuq va omadlar tiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.