O'zbekiston

Toshkentda havo transportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mashg‘ulotda qutqaruv xizmatlarining tezkorligi, o‘zaro hamkorligi va jabrlanganlarni evakuatsiya qilish jarayoni sinovdan o‘tkazildi.

Toshkentda havo transportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Bu haqda “Zamon” informatsion-tahliliy dasturida xabar berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulot Mudofaa vazirligiga qarashli Desantlarni qayta tayyorlash markazida o‘tkazildi. Ssenariyga ko‘ra, hududda havo kemasi halokatga uchragani haqida shartli signal berildi.

 

Signal kelib tushgach, Toshkent xalqaro aeroportining qidiruv-qutqaruv guruhi belgilangan hududga 10 daqiqa ichida yig‘ildi. Shuningdek, voqea joyiga  Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, yong‘in o‘chirish texnikalari, Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor qidiruv guruhi, tez tibbiy yordam xodimlari jo‘natildi.

 

O‘quv mashg‘uloti davomida shartli halokat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi, jabrlanganlar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, shartli yong‘inni bartaraf etish, voqea joyini xavfsizlik nazoratiga olish hamda turli xizmatlarning o‘zaro hamkorligi amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.

 

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, mashg‘ulotda oltita bo‘linma reja-jadval asosida harakatga keltirilgan. Shartli jabrlanganlar qutqarilib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yetkazilgan.

 

Mutaxassislar bunday kompleks mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish, qidiruv-qutqaruv ishlarini samarali tashkil etish hamda turli idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishini qayd etmoqda.

 

Qidiruv-qutqaruv xizmatlarining amaliy tayyorgarligini oshirish va yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda harakatlarning doimiy shayligini ta’minlash maqsadida bunday mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda havo transportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi | Zamon.uz