Jahon

Kuba energetika inqirozi fonida quyosh energiyasiga o‘tishni tezlashtirmoqda

Mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida 59 ta quyosh elektr parki qurilgan, hukumat esa ularning sonini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.

Kuba energetika inqirozi fonida quyosh energiyasiga o‘tishni tezlashtirmoqda

Kuba yoqilg‘i taqchilligi va mamlakat bo‘ylab tez-tez elektr ta’minoti uzilishi fonida quyosh energetikasini rivojlantirishni jadallashtirmoqda. Mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida kamida 59 ta quyosh elektr stansiyasi qurilgan. Bu haqda Point.md xabar berdi.

The Wall Street Journal (WSJ) RenewAtlas tahliliy platformasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Kubada so‘nggi ikki yil davomida kamida 41 ta o‘rta va 18 ta kichik quyosh elektr parki barpo etilgan. Hukumat 2028-yilgacha o‘rta hajmdagi quyosh elektr stansiyalari sonini 92 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Yangi quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvati eng yuqori yuklama vaqtida qariyb 1000 megavattni tashkil etishi mumkin. Bu mamlakatdagi odatiy 3200 megavattlik elektr energiyasiga bo‘lgan talabning qariyb uchdan biriga teng.

Kuba hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, quyosh energiyasining mamlakat ehtiyojidagi ulushi o‘tgan yil boshidagi 3 foizdan hozirda qariyb 10 foizgacha oshgan.

Quyosh energetikasi uchun asosiy uskunalar Xitoydan yetkazib berilmoqda. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning Kubaga quyosh panellari eksporti 2023-yildagi 3 million dollardan 2025-yilda 117 million dollargacha oshgan. Akkumulyator batareyalari yetkazib berish ham ko‘paygan.

Kuba bosh vaziri Manuel Marrero Kruzning bildirishicha, quyosh energetikasi loyihalarining bir qismi nikel eksportidan olinadigan daromadlar hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Shunga qaramay, mamlakatda elektr ta’minoti muammosi saqlanib qolmoqda. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Kubada millionlab aholi deyarli har kuni elektr ta’minotidagi uzilishlarga duch kelmoqda. Mamlakat energetika tizimidagi issiqlik elektr stansiyalari uzoq yillardan buyon eskirib kelayotgani, elektr uzatish tarmoqlarida esa energiyaning qariyb 16 foizi yo‘qotilayotgani qayd etilgan.

2026-yil boshidan buyon Kubada kamida olti marta mamlakat miqyosida elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan. Jumladan, 2 va 4 avgust kunlari butun mamlakatni qamrab olgan yirik blekautlar qayd etilgan.

Mutaxassislar bunday avariyalardan keyin energetika tizimini to‘liq tiklash bir necha kun davom etishi mumkinligini aytmoqda. Bunda avval quyosh va gidroelektr stansiyalari hamda mahalliy generatorlar asosida kichik tarmoqlar ishga tushiriladi, keyinchalik issiqlik elektr stansiyalari bosqichma-bosqich tizimga ulanadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.