Jahon

Xitoyga “Delfin” tayfuni yopirildi: 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Tabiiy ofat oqibatida olti kishi jarohatlangan, 50 mingdan ortiq bino elektr ta’minotisiz qolgan.

Xitoyga “Delfin” tayfuni yopirildi: 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Xitoyning sharqiy sohillariga bu yil mamlakatga yetib kelgan eng kuchli tropik siklon — “Delfin” tayfuni chiqdi. Kuchli yomg‘ir va shamol sabab mamlakat sharqida transport qatnovi izdan chiqdi, 1 milliondan ortiq kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Xitoy meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tayfun 9-avgust kuni soat 17:30 atrofida (Toshkent vaqti bilan 14:30) Chjetszyan provinsiyasining Yuxuan shahri yaqinida quruqlikka chiqqan. O‘sha vaqtda tayfun markazidagi shamol tezligi sekundiga 42 metrga (soatiga 151 kilometr) yetgan. Bu Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha 1-toifali dovul kuchiga teng.

 

“Delfin” Xitoyga yetib kelishidan avval Yaponiyaning janubidagi Okinava prefekturasidan o‘tgan. Tabiiy ofat oqibatida olti kishi jarohatlangan, 50 mingdan ortiq bino elektr ta’minotisiz qolgan.

 

Meteorologlar 10-avgustgacha Chjetszyan, Shanxay, Futszyan shimoli, Szyansi shimoli-sharqi, Anxuy markazi va janubi hamda Szyansu provinsiyasining katta qismida kuchli yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilmoqda. Chjetszyanning markaziy va sharqiy hududlarida yog‘ingarchilik miqdori 250–500 millimetrga yetishi mumkin.

 

Milliy meteorologiya markazi bosh mutaxassisi Van Xaypinning CCTV telekanaliga ma’lum qilishicha, “Delfin” tayfuni quruqlikka chiqqach, g‘arb tomon harakatlanadi. Shundan so‘ng u Xitoyning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida sekinlashib, asta-sekin kuchsizlanishi kutilmoqda.

 

Biroq tayfunning sekin harakatlanishi kuchli yog‘ingarchilikning uzoqroq davom etishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, tog‘li hududlar va kichik daryolar bo‘yida suv toshqini hamda ko‘chki xavfini oshiradi.

 

Shanxayda kamida 30 300 kishi evakuatsiya qilingan, qariyb 1 500 ta aviaqatnov bekor qilingan. Shahar portlaridagi kemalar ham xavfsiz joylarga olib chiqilgan. Yanshan portidan 500 dan ortiq kichik va o‘rta hajmdagi kema boshpana joylariga ko‘chirilgan.

 

Xitoy Suv resurslari vazirligi Tsyantang, Yun, Szyao va Shuyyan daryolarida kuchli suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Tayfun eng kuchli ta’sir ko‘rsatgan hududlardagi kichik daryolarda suv sathi xavfli darajadan oshishi mumkin.

 

Rasmiylar Chjetszyanning ayrim hududlarida ko‘chki kabi geologik xavflar yuqori ekanini bildirdi. Tog‘ soylaridagi suv toshqinlari bo‘yicha qizil darajadagi ogohlantirish e’lon qilingan hududlarda aholidan evakuatsiya bo‘yicha mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish so‘ralgan.

 

Tayfun yaqinlashishidan oldin dengizdagi ishchilar xavfsiz hududlarga olib chiqilgan, kemalarga portlarga qaytish buyurilgan. Suv omborlari, tog‘ soylari, ko‘chki xavfi yuqori hududlar, qurilish maydonlari va sayyohlik maskanlarida ham nazorat kuchaytirilgan.

 

Shanxayda tayfun sabab parvozi bekor qilingan 42 yoshli sayyoh Chen oilasi bilan shaharda qolib ketganini aytgan. Ular yakshanba kuni uchib ketishi kerak bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.