O'zbekiston

2025-yilda korrupsion jinoyatlar eng ko‘p Andijonda aniqlangan — senator

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha 7 517 kishi javobgarlikka tortilgan.

2025-yilda korrupsion jinoyatlar eng ko‘p Andijonda aniqlangan — senator

O‘zbekistonda 2025-yil davomida korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan 7 517 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda 8-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Senat majlisida senator Abduhakim Eshmurodov ma’lum qildi.

 

Senatorning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 2,9 trillion so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

 

Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni bo‘yicha hududlar kesimida Andijon viloyati yetakchi bo‘lgan. Bu hududda 946 nafar shaxs aniqlangan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 793 nafar, Qashqadaryo — 745 nafar, Samarqand — 709 nafar va Namangan viloyati — 509 nafar bilan qayd etilgan.

 

Sohalar kesimida korrupsion jinoyatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganlarning asosiy qismi maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari hissasiga to‘g‘ri kelgan — 580 nafar.

 

Shuningdek, mahalliy hokimliklarning 497 nafar, sog‘liqni saqlash tashkilotlarining 404 nafar, tijorat banklarining 245 nafar hamda oliy ta’lim muassasalarining 161 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 

Abduhakim Eshmurodov korrupsiyaga oid jinoyatlar sonining ko‘payishini, avvalo, bunday huquqbuzarliklarni aniqlash va fosh etish bo‘yicha ishlar faollashgani bilan izohlagan.

 

Shu bilan birga, senator vazirlik va idoralardagi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatida samaradorlik yetarli emasligini qayd etgan.

 

Uning ta’kidlashicha, ayrim tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish uchun tashkil etilgan komplayens-nazorat tuzilmalari amaliy profilaktika choralarini amalga oshirish o‘rniga, asosan hisobot taqdim etish bilan cheklanib qolmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.