Jahon

Afg‘onistonda 7 ta xususiy universitet faoliyati bir yilga to‘xtatildi

Shuningdek, 2 ta universitetning litsenziyasi bekor qilindi.

Afg‘onistonda 7 ta xususiy universitet faoliyati bir yilga to‘xtatildi

Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligi mamlakatdagi 7 ta xususiy universitet faoliyatini bir yilga to‘xtatib, yana 2 ta universitetning faoliyat litsenziyasini bekor qildi. Qaror universitetlarda aniqlangan jiddiy qoidabuzarliklar va ma’muriy kamchiliklar ortidan qabul qilingan. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligiga tayanib Ariana News xabar berdi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qaror bahorgi semestrida mamlakat bo‘ylab xususiy universitetlarda o‘tkazilgan tekshiruv va baholashlar natijalariga asoslangan. Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bir necha bor ogohlantirish va tavsiyalar berilganiga qaramay, 9 ta ta’lim muassasasida jiddiy kamchiliklar saqlanib qolgan.

 

Bir yilga faoliyati to‘xtatilgan universitetlar qatoriga Jowzjondagi Barlas universiteti, Balxdagi Rah-e Saadat va Turkiston universitetlari, Badaxshondagi Azhar va Barna universitetlari, Faryobdagi Rashod universiteti hamda Kobuldagi Payam universiteti kiradi.

Shuningdek, Qunduzdagi Kohanduz universiteti va Takhardagi Khana-e Danesh universitetlarining faoliyat litsenziyalari bekor qilingan.

 

Tekshiruvlar davomida qator universitetlarda akademik va ma’muriy boshqaruv tizimida jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Jumladan, ayrim ta’lim muassasalarida universitet rahbari, akademik va talabalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlar hamda fakultet rahbarlari kabi asosiy lavozimlarda tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lmagani qayd etilgan.

 

Bundan tashqari, ayrim universitetlarda amalda darslarda qatnashmaydigan, biroq rasmiy hujjatlarda ro‘yxatdan o‘tgan “arvoh talabalar” mavjudligi aniqlangan. Ba’zi ta’lim muassasalarida semestrning dastlabki 10 haftasida talabalar davomatini muntazam qayd etish talabi ham bajarilmagan.

 

Davomat ko‘rsatkichi past bo‘lgani sababli o‘qishni davom ettirish huquqidan mahrum etilishi kerak bo‘lgan ayrim talabalarga yakuniy imtihonlarda qatnashish, baho olish va keyingi semestrlarga o‘tishga ruxsat berilgani ham aniqlangan.

 

Tekshiruvlarda ayrim universitetlarda amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur laboratoriyalar, uskunalar va materiallar yetishmasligi, shuningdek, vazirlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturlariga rioya qilinmayotgani ham qayd etilgan.

 

Tibbiyot yo‘nalishlarida ham jiddiy kamchiliklar aniqlangan. O‘quv jarayonining muhim qismi shifoxonalarda amaliyot o‘tashni nazarda tutishiga qaramay, tekshiruv vaqtida ayrim tibbiyot fakultetlari talabalari tegishli shifoxonalarda mavjud bo‘lmagani ma’lum qilingan.

 

Litsenziyasi bekor qilingan ikki universitetda esa davomat ma’lumotlarini soxtalashtirish holatlari aniqlangani bildirilgan. Jumladan, semestr davomida darslarda qatnashmagan talabalar keyinchalik o‘zgartirilgan davomat varaqalarida qatnashgan sifatida qayd etilgan.

 

Vazirlik tegishli qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng universitetlar faoliyatini to‘xtatish va litsenziyalarni bekor qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanganini, mazkur tavsiyalar rahbariyat kengashi tomonidan tasdiqlanganini ma’lum qilgan.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Afg‘onistonda 7 ta xususiy universitet faoliyati bir yilga to‘xtatildi | Zamon.uz