Jahon

Eron iqtisodiyoti juda yomon ahvolda — Tramp

AQSh prezidenti Tehron bilan qisman muzokaralar olib borilayotganini va kelishuvga erishilishi mumkinligini ta’kidladi.

Eron iqtisodiyoti juda yomon ahvolda — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron iqtisodiy vaziyati yomonlashib borayotganini va Vashington hamda Tehron o‘rtasida kelishuvga erishilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u Axios nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Trampning ta’kidlashicha, AQSh Eron masalasida “jimgina” harakat qilmoqda va tomonlar o‘rtasida qisman muzokaralar olib borilmoqda.

 

Amerika prezidenti Eron iqtisodiyotida yuqori inflyatsiya va moliyaviy muammolar mavjudligini qayd etgan. Uning fikricha, Tehron hozirda iqtisodiy jihatdan “juda yomon ahvolda”.

 

Tramp Eron iqtisodiy vaziyatining yomonlashuvini, jumladan, AQSh tomonidan amalga oshirilayotgan dengiz blokadasi bilan bog‘lagan.

 

Axios xabariga ko‘ra, AQSh rasmiylari Tramp bundan bir hafta avval Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy harakatlarni qayta boshlashga moyil bo‘lganini, biroq keyinchalik vaziyatni hozircha yumshatish qaroriga kelganini bildirgan.

 

Shu bilan birga, Tramp Tehron bilan kelishuvga erishish istiqboli borligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarayon shaxmat o‘yiniga o‘xshaydi va yakunda “hammasi yaxshi bo‘ladi”.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.