Jahon

Eron “Makka” paktidan xavotirda emasligini bildirdi

Tehron yangi xavfsizlik kelishuvi Eron manfaatlariga qarshi qaratilganiga asos ko‘rmayotganini ma’lum qildi.

Eron “Makka” paktidan xavotirda emasligini bildirdi


Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy Pokiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tuzilgan yangi xavfsizlik kelishuvi Tehronga qarshi qaratilganidan xavotirlanish uchun sabab yo‘qligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Bag‘oiyga ko‘ra, mazkur kelishuv mintaqa davlatlarining xavfsizlik masalalarida tashqi kuchlarga tayanish o‘rniga o‘z imkoniyatlariga ko‘proq suyanishga o‘tayotganini ko‘rsatadi. U bunday mintaqaviy hamkorlikni ijobiy baholash mumkinligini bildirdi.


 
Eron vakili kelishuv mintaqaning geosiyosiy va tarixiy voqeligini hisobga olishi, keng qamrovli va barcha tomonlar uchun ochiq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, xavfsizlikka tahdidlarning asl manbalari to‘g‘ri aniqlansa, bunday tashabbuslar mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash va beqarorlikning oldini olishga xizmat qilishi mumkin.


 
Bag‘oiy bayonotida Isroil va uning ittifoqchilarini ham tilga olib, mintaqadagi xavfsizlik masalalarida aynan real tahdidlarni to‘g‘ri baholash muhimligini qayd etdi.


 
Eslatib o‘tamiz, Pokiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni 7-avgust kuni Makkada qo‘shma mudofaa kelishuvini imzolagan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron “Makka” paktidan xavotirda emasligini bildirdi | Zamon.uz