Jahon

Janubiy Koreya Ukrainaga halokatli qurol yetkazib bermaydi — Yonhap

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Seulni Kiyevga havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishga chaqirgandi.

Janubiy Koreya Ukrainaga halokatli qurol yetkazib bermaydi — Yonhap

Janubiy Koreya Ukrainaga halokatli qurol-yarog‘ yetkazib bermaslik siyosatiga sodiq qolmoqda. Bu haqda Yonhap axborot agentligi mamlakat Tashqi ishlar vazirligining yuqori lavozimli vakiliga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya harbiy texnika va boshqa ta’minotlarni faqat amaldagi ichki qonunchilik talablariga muvofiq yetkazib beradi. Mamlakat qonunchiligi esa qurolli mojarolar davom etayotgan davlatlarga halokatli qurol yetkazib berishni cheklaydi.

 

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Seulni Kiyevga havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishga chaqirgandi. Biroq Janubiy Koreya hukumati bu masalada ehtiyotkor pozitsiyani saqlab qolmoqda.

 

Tashqi ishlar vazirligi vakilining ta’kidlashicha, Seul Ukrainaga energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi yo‘nalishlarda yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Shuningdek, Ukrainada tinchlikni tiklash va urushdan keyingi qayta qurish bilan bog‘liq takliflar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

Janubiy Koreya shu paytgacha Ukrainaga gumanitar va moliyaviy yordam, shuningdek, halokatli bo‘lmagan harbiy texnikalarni yetkazib bergan. Biroq mamlakat Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishdan tiyilib kelmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Janubiy Koreya Ukrainaga halokatli qurol yetkazib bermaydi — Yonhap | Zamon.uz