Jahon

JCh vaqtida Messi va Ronalduga suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan

Messi bilan bog‘liq bir nechta suiqasd tahdidlari, Ronalduga nisbatan esa shubhali shaxslarning harakatlari qayd etilgan.

JCh vaqtida Messi va Ronalduga suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan

 

2026-yilgi Jahon chempionati davomida futbol yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga qarshi turli tahdidlar qayd etilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, turnir davomida AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) hamda Xalqaro politsiya hamkorlik markazi (IPCC) futbolchilar va boshqa turnir ishtirokchilariga nisbatan xavfsizlik tahdidlarini tekshirgan.

 

Lionel Messi eng ko‘p tahdidlarga duch kelgan futbolchilardan biri bo‘lgan. Argentina terma jamoasining Iordaniya va Misrga qarshi uchrashuvlari oldidan stadionlarga hujum qilish va futbolchini o‘ldirish bilan bog‘liq tahdidlar kelib tushgan.

 

Xususan, Argentina–Iordaniya uchrashuvi oldidan Dallas aeroportiga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, stadionga qurol va portlovchi moddalar bilan bostirib kirish hamda Messiga hujum qilish bilan tahdid qilgan. Argentina–Misr o‘yini oldidan esa ijtimoiy tarmoqlarda Messiga qarshi zo‘ravonlik tahdidlari tarqalgan.

 

Shuningdek, stadionlardan birida portlovchi qurilmalar joylashtirilgani haqidagi xabar ham kelib tushgan. Huquq-tartibot idoralari maxsus xizmat itlari yordamida stadionni tekshirgan, biroq xabar yolg‘on ekani aniqlangan.

 

Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq xavfsizlik holatlari ham qayd etilgan. FIFA portugaliyalik futbolchining qayerda yashayotgani haqida ma’lumot olishga uringan shubhali shaxs haqida huquq-tartibot idoralarini xabardor qilgan. Keyinchalik u Portugaliya terma jamoasi joylashgan mehmonxonada qo‘lga olingan.

 

Torontoda ham Ronalduning liftiga kirishga uringan shaxs ushlangan. U futbolchi bilan selfi tushmoqchi bo‘lganini bildirgan.

 

Jahon chempionati davomida hakamlar ham tahdidlarga duch kelgan. Argentina–Misr uchrashuvidan keyin fransiyalik hakam Fransua Leteksye shaxsiy WhatsApp akkauntiga 6 mingdan ortiq haqorat va tahdid mazmunidagi xabarlar olgan. VAR hakami Villi Delajod ham shunga o‘xshash tahdidlarga duch kelgani aytilmoqda.

 

Mazkur holatlardan so‘ng Fransiyada hakamlar va ularning oila a’zolari xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"