O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita BАD mahsulotlarini turli kasalliklarni davolovchi vosita sifatida targ‘ib qilish qonunchilik talablariga zid ekanini eslatdi.

Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi



O‘zbekistonda biologik faol qo‘shimchalar, malhamlar, surtma va balzamlar, damlamalar hamda mineral suvlarning turli kasalliklarni davolashi haqidagi reklamalar tarqalishi yuzasidan Raqobat qo‘mitasi ogohlantirish berdi.



Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayrim reklamalarda biologik faol qo‘shimchalar diabet, insult, gastrit, yurak-qon tomir, jigar, buyrak, artrit va gipertoniya kabi kasalliklarni davolashda samarali vosita sifatida ko‘rsatilmoqda. Bunday targ‘ibot iste’molchilarda mahsulotni dori vositasi sifatida qabul qilishga sabab bo‘lishi mumkin.



Qo‘mita qayd etishicha, vakolatli organlar xulosasiga ko‘ra, biologik faol qo‘shimchalarning asosiy vazifasi organizmning foydali moddalarga bo‘lgan kundalik ehtiyojini qondirishdan iborat. Ular dori vositasi hisoblanmaydi va kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.



“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasida biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasiga qo‘yiladigan talablar belgilangan. Unga ko‘ra, bunday mahsulotlar dori vositasi yoki davolash xususiyatiga ega degan taassurot uyg‘otadigan tarzda reklama qilinmasligi kerak.



Shuningdek, reklamalarda odamlarning mahsulotdan foydalanib davolangani yoki ahvoli yaxshilangani haqidagi holatlarga havola qilish, fuqarolarning minnatdorchiliklari yoki tavsiyalaridan foydalanish ham mumkin emas. Mahsulotning tadqiqotlardan o‘tgani yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqida ma’lumot berish orqali uning dori vositalaridan ustunligi haqida tasavvur uyg‘otishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.



Bundan tashqari, biologik faol qo‘shimchalar reklamasi «Ushbu mahsulot dori vositasi emas» mazmunidagi ogohlantirish bilan berilishi shart.



Qonunchilik talablarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi | Zamon.uz