Jahon

Shimoliy Koreya Rossiyaga 500 ming askar yuborishi mumkin

Zelenskiy Pxenyan Rossiyaga qo‘shinlar bilan birga raketa qurollarini ham yetkazib berayotganini bildirdi.

Shimoliy Koreya Rossiyaga 500 ming askar yuborishi mumkin

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududiga 50 minggacha Shimoliy Koreya askari joylashtirilishi mumkinligini bildirdi. U ushbu ma'lumotni 9-avgust kuni ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida keltirgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Zelenskiyning aytishicha, Shimoliy Koreya Rossiyaga nafaqat harbiy xizmatchilar, balki qurol-yarog‘ ham yetkazib bermoqda. Ukraina rahbari mamlakat hududidan Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalar topilganini ham ma'lum qilgan.

 

Uning ta’kidlashicha, Pxenyan Rossiya bilan hamkorlik orqali zamonaviy urush olib borish bo‘yicha tajriba orttirmoqda va harbiy texnologiyalarni o‘zlashtirmoqda. Zelenskiy buni Osiyodagi boshqa davlatlar uchun ham xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jarayon sifatida baholagan.

 

Ukraina prezidenti Janubiy Koreyani Kiyevga havo mudofaasi tizimlarini kuchaytirishda yordam berishga chaqirgan. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida dron texnologiyalari va mudofaa sohasidagi boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishni taklif qilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya 2024-yilda Rossiyaning Kursk viloyatiga qariyb 14 ming askar yuborgan. Keyinchalik Pxenyan Rossiya kuchlariga yordam berish uchun qo‘shimcha harbiy xizmatchilar va boshqa mutaxassislarni ham jo‘natgan.

 

Zelenskiy iyul oyida Rossiya yana 30 ming nafar Shimoliy Koreya askarini qabul qilishga tayyorlanayotganini aytgan edi. 9-avgustdagi yangi bayonotida esa u ehtimoliy kontingent sonini 50 ming nafargacha oshirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.