O'zbekiston

Toshkentda suvdan qarzdor fuqaro tungi reydda qarzini to‘ladi

Qarzdor bir necha bor ogohlantirilganiga qaramasdan qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lamasdan kelgan.

Toshkentda suvdan qarzdor fuqaro tungi reydda qarzini to‘ladi

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi qo‘shma tadbir davomida issiq suv to‘lovidan qarzdor bo‘lgan fuqaro aniqlandi.



Maʼlum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2026 yil 24 fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Q.N.dan undiruvchi “Veolia Energy” foydasiga 1 432 888 so‘m undirish belgilangan.



Qarzdor bir necha bor ogohlantirilganiga qaramasdan qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lamasdan kelgan.



Qo‘shma reyd davomida qarzdor o‘ziga tegishli “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida harakatlanayotgan vaqtda to‘xtatildi. Tekshiruv jarayonida mazkur avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilinganligi aniqlanib, u jarima maydoniga joylashtirildi.



Mazkur holat fuqarolar uchun muhim xulosa bo‘lib xizmat qiladi. Kommunal xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish nafaqat huquqiy majburiyat, balki ortiqcha sarsongarchilik va qo‘shimcha xarajatlarning oldini olishga ham xizmat qiladi.

Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdor 2026 yil 6 avgust kuni kommunal tashkilot foydasiga qarzdorlik to‘liq bartaraf etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.