Jahon

Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Mazkur rejalar uch davlat o‘rtasida 7-avgust kuni imzolangan Makka kelishuvi doirasida amalga oshiriladi.

Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

 

Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, harbiy tajriba almashish va qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

 

Turkiye gazetesi nashri xabariga ko‘ra, mazkur rejalar uch davlat o‘rtasida 7-avgust kuni imzolangan Makka kelishuvi doirasida amalga oshiriladi. Kelishuv Turkiya parlamenti tomonidan kuzgi sessiyada ratifikatsiya qilinganidan so‘ng kuchga kirishi kutilmoqda.

 

Kelishuv doirasidagi harbiy hamkorlikning dastlabki bosqichida uch davlat o‘rtasida harbiy xizmatchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu uzoq muddatli harbiy hamkorlik uchun asos yaratishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Shuningdek, Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining ehtimoliy inqirozli vaziyatlarda o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

 

Kelishuv doirasida ehtimoliy xavflarni oldindan aniqlashga xizmat qiluvchi erta ogohlantirish mexanizmini yaratish ham nazarda tutilgan. Turkiya tomoni ushbu mexanizm kelishuvning oldini olish va mudofaa salohiyatini kuchaytirishini ta’kidlagan.

 

Makka kelishuvi 7-avgust kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan imzolangan.

 

Kelishuvning asosiy qoidalaridan biriga ko‘ra, uch davlatdan biriga qilingan qurolli hujum barcha tomonlarga qarshi tajovuz sifatida baholanadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.