Jahon

UEFA Infantinoga qarshi tergov boshlashi mumkin

Tekshiruv Infantino UEFA bosh kotibi bo‘lib ishlagan davrda sobiq xodimaga to‘langan olti xonali kompensatsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

UEFA Infantinoga qarshi tergov boshlashi mumkin

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) FIFA prezidenti Janni Infantinoning tashkilotdagi faoliyati yuzasidan tergov boshlashi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ehtimoliy tekshiruv Infantino UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan davrda u bilan shaxsiy munosabatda bo‘lgan sobiq xodimga to‘langan olti xonali kompensatsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Xabarlarga ko‘ra, ushbu xodim dastlab ma’muriy lavozimda faoliyat yuritgan, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko‘tarilib, uning maoshi 30 foizga oshirilgan. Shuningdek, UEFA xodim tashkilotni tark etganidan so‘ng uning biznes maktabidagi MBA ta’limi uchun ham mablag‘ ajratgani aytilmoqda.

 

Mazkur holatlar tashkilot xodimlari orasida manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan savollar tug‘dirgani bildirilgan. O‘sha vaqtdagi UEFA prezidenti Mishel Platini bu masalani Infantino bilan muhokama qilgani va keyinchalik xodimga kompensatsiya to‘lab, tashkilotni tark etish bo‘yicha kelishuvga erishilgani aytilmoqda.

 

UEFA xodimga ishdan bo‘shash nafaqasi va MBA dasturi uchun mablag‘ to‘langanini tasdiqlagan. Tashkilot ushbu to‘lovlar o‘sha paytda amalda bo‘lgan ichki qoidalarga muvofiq amalga oshirilganini bildirgan.

 

FIFA esa Infantino nomidan uning sobiq xodim bilan noo‘rin munosabatda bo‘lgani yoki boshqa qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani haqidagi da’volarni rad etgan.

 

The Telegraph manbalariga ko‘ra, ehtimoliy tergov Infantinoning UEFAda 2000–2016-yillar davomida olib borgan faoliyatini qamrab olishi mumkin. Xususan, sobiq xodimga to‘lovlar hamda ehtimoliy shaxsiy munosabatlar kadrlar bo‘yicha qarorlarga ta’sir ko‘rsatgan-ko‘rsatmaganiga aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

 

Infantino 2009–2016-yillarda UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2016-yilda FIFA prezidenti etib saylangan va keyinchalik ikki marta raqibsiz qayta saylangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.