O'zbekiston

Xivadagi "Qovun sayli" festivali Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

Festival doirasida "Eng katta qovun degustatsiyasi" yoʻnalishida rekord qayd etildi.

Xivadagi "Qovun sayli" festivali Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

Xivadagi “Qovun sayli” festivalida jahon rekordi o‘rnatildi. 

 

7–9 avgust kunlari Xiva shahridagi “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi.

 

Turizm qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan festivalga jami 186 ming nafar mehmon tashrif buyurgan. Ularning 150 ming nafari mahalliy, 36 ming nafari xorijiy sayyohlar bo‘lgan.

 

Festival doirasida “Eng katta qovun degustatsiyasi” yo‘nalishida jahon rekordi qayd etildi. Guinness World Records sertifikatiga ko‘ra, 9 avgust kuni 259 kishi bir vaqtning o‘zida 10 dan ortiq qovun navini tatib ko‘rgan.

 

Rekordni tasdiqlash jarayonida Guinness World Records hakami, tashkilotning Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Sheyda Subashi Gemiji ishtirok etgan.

 

Festival davomida qovun navlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlanmalari namoyish etildi. Shuningdek, mahorat darslari, ko‘rgazmalar va turli tanlovlar tashkil qilindi.

 

Tadbirning yakuniy qismida tanlov g‘oliblari ham aniqlandi. Uchinchi o‘rin Urganch davlat universiteti, “UzAuto” Xorazm filiali va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasiga berildi. Ikkinchi o‘rinni Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi egallagan. Birinchi o‘rin Yangiariq tumani hokimligiga, bosh sovrin esa Xiva shahar hokimligiga nasib etgan.

 

Festivalning yopilish marosimida rossiyalik xonanda MakSim ham ishtirok etgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"