Jahon

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi

Shuningdek Suriya sudi sobiq prezidentning ukasi Maher al-Assad va amakivachchasi, Suriyaning sobiq harbiy amaldori Atef Najibni ham o‘lim jazosiga hukm qildi.

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi

 

Suriya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asadni insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari sodir etganlikda aybdor deb topib, sirtdan o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda SANA xabar berdi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Bashar Asadning ukasi Maher Asad ham xuddi shu ish doirasida sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, Asadning amakivachchasi, Suriyaning sobiq harbiy amaldori Atef Najib ham o‘lim jazosiga hukm qilindi. U sud majlisida ishtirok etgan.

 

Sud ishida 14 yil davom etgan fuqarolar urushi davrida sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari ko‘rib chiqilgan. Mazkur urush oqibatida qariyb 500 ming kishi halok bo‘lgan, millionlab suriyaliklar esa o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

 

Atef Najib 2011-yilda Suriyaning Daraa viloyatida hukumatga qarshi namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirishga rahbarlik qilganlikda aybdor deb topilgan. Aynan shu voqealar keyinchalik mamlakatda uzoq davom etgan fuqarolar urushiga olib kelgan.

 

Najib sud vaqtida sudlanuvchilar qafasida qamoqxona kiyimida bo‘lgan.

 

Bashar va Maher Asad 2024-yil dekabr oyida isyonchi kuchlar Damashqni egallab olganidan so‘ng Suriyani tark etib, Rossiyaga qochgan. Shundan keyin Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilgan.

 

Atef Najib esa keyinchalik qo‘lga olinib, Asad rejimining sudga tortilgan yuqori martabali sobiq amaldorlaridan biriga aylangan. U avval Suriya armiyasida brigada generali bo‘lib xizmat qilgan va 2011-yilda Daraa viloyatidagi Siyosiy xavfsizlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

 

Bashar Asad va Maher Asad sud jarayonida ishtirok etmagan va ularga nisbatan hukm sirtdan chiqarilgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi | Zamon.uz