O'zbekiston

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida bloger Aziz Hakimovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

 

Sudning yopiq majlisida Hakimov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (tuhmat), 140-moddasi 2-qismi (haqorat qilish) va 156-moddasi 2-qismida (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topildi.

 

Unga jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 4-yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni o‘tash muddati 2025-yil 26-sentyabrdan hisoblanishi belgilandi.

 

Shu bilan birga, sud Hakimovning harakatlarida Jinoyat kodeksining 150-moddasida nazarda tutilgan urushni targ‘ib qilish jinoyati tarkibi mavjud emas, degan xulosaga keldi. Shu asosda mazkur ayblov bo‘yicha u oqlandi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligiga Hakimov yuritgan Telegram’dagi «Comrade_Aziz» kanalini bloklash majburiyati ham yuklatildi.

 

Ish bo‘yicha 6 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

 

Shuningdek, sudlanuvchiga hukm ustidan yuqori sud instansiyasiga shikoyat berish tartibi va muddati tushuntirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.