O'zbekiston

“Dolzarb 40 kunlik”: O‘zbekistonda har kuni 20 ming tonnagacha chiqindi olib chiqilmoqda

Tozalik va obodonlashtirish ishlari 3,6 mingdan ortiq mahallani qamrab olgan.

“Dolzarb 40 kunlik”: O‘zbekistonda har kuni 20 ming tonnagacha chiqindi olib chiqilmoqda

O‘zbekistonda “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida keng ko‘lamli tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Respublika davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan mazkur aksiya 28-iyuldan 6-sentabrgacha davom etadi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi punktlarining sanitariya holatini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirishdan iborat.

 

Aksiya doirasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarida maxsus shtablar tashkil etilgan. Hududlarga mas’ul xodimlar biriktirilib, tunu kun navbatchilik va kundalik monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

 

Hozirga qadar respublikadagi 8 150 ta mahallaning 3 604 tasi aksiya tadbirlari bilan to‘liq qamrab olingan.

 

Hududlarda har kuni o‘rtacha 3–4 ming dona maxsus texnika va 8–10 ming nafar xodim jalb etilmoqda. Natijada bir sutkada 16–20 ming tonna qattiq maishiy chiqindi hamda 1,5–2 ming tonna qurilish chiqindisi olib chiqilmoqda.

 

Xususan, 5-avgust kuni 2 732 dona maxsus texnika va 8 996 nafar xodim safarbar etilib, bir sutkada 18,2 ming tonna maishiy va 304,3 tonna qurilish chiqindisi olib chiqilgan. Jami 18,5 ming tonna chiqindi utilizatsiya qilingan.

 

Maxsus texnikalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida aniqlangan 64 ta nosozlikning 52 tasi tezkor bartaraf etilgan, 12 ta texnika almashtirilgan. Favqulodda holatlar uchun esa 155 dona maxsus texnika zaxirada saqlanmoqda.

 

Shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq 97 ta huquqbuzarlik aniqlanib, qoidabuzarlarga jami 165,4 million so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llangan.

 

Mustaqillik bayrami arafasida bozorlar, savdo majmualari, bog‘lar va dam olish maskanlarida sanitariya tozaligi va obodonlashtirish ishlari kuchaytirilgan. Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’mirlash ishlari natijasida hosil bo‘layotgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesishdan hosil bo‘lgan shox-shabba hamda yog‘och qoldiqlari kompostlash va organik o‘g‘it ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda. Chiqindi poligonlarini obodonlashtirish va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha ham qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.

 

Aholi murojaatlari bilan ishlash doirasida 327 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Ularning 275 tasi joyida hal etilgan, 52 tasi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

Bundan tashqari, aksiya doirasidagi dastlabki 10 kun davomida 137 ta chiqindi poligonida 39 130 ta maxsus texnika qatnovi amalga oshirilib, 125 526 tonna chiqindi joylashtirilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.