O'zbekiston

Jizzaxda Onix va Volkswagen to‘qnashuvida ikki haydovchi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Onix haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Jizzaxda Onix va Volkswagen to‘qnashuvida ikki haydovchi halok bo‘ldi

 

Jizzax viloyatining Zomin tumanida ikki avtomobil ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida ikki nafar haydovchi halok bo‘lgan.

 

Kun.uz ma’lum qilishicha, YTH 11-avgust kuni soat 10:05 lar atrofida Zomin tumani Alisher Navoiy mahallasi hududidan o‘tuvchi “Jizzax–Ravot–Zomin–Savot” avtomobil yo‘lida yuz bergan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1998-yilda tug‘ilgan F. E. boshqaruvidagi Onix avtomobili harakatlanib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Volkswagen avtomobili bilan to‘qnashgan.

 

Volkswagen avtomobilini Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli A. R. boshqargan.

 

To‘qnashuv natijasida har ikki avtomobil haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Onix haydovchisi avtomobilni boshqarish vaqtida uxlab qolgan va shu sababli qarama-qarshi harakatlanish qismiga chiqib ketgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.