O'zbekiston

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida san’at ta’limi muassasalaridagi mavjud muammolar muhokama qilinib, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi.

 

Deputatlar hududlarda o‘tkazgan o‘rganishlar va ta’lim muassasalaridan olingan ma’lumotlar sohada qator tizimli muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatganini ta’kidladi.

 

Ma’lum qilinishicha, respublikada 326 ta bolalar musiqa va san’at maktabi barpo etilgan. Qator ta’lim muassasalari rekonstruksiya qilinib, musiqa cholg‘ulari va o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. Biroq ayrim muassasalarning binolari kapital ta’mirga muhtoj.

 

Jumladan, Termiz, Farg‘ona, Urganch, Samarqand va Navoiy shaharlaridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, Andijon shahridagi Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi hamda Toshkent shahridagi R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabi binolarida kapital ta’mirga ehtiyoj borligi aniqlangan.

 

Shuningdek, 2020-yildagi prezident qarorida belgilangan Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini tashkil etish vazifasi ham to‘liq bajarilmagan.

 

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi uchun bir gektar yer maydoni ajratilgan va 43 mlrd so‘mlik loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan. Biroq mablag‘ ajratilmagani sababli qurilish ishlari boshlanmagan.

 

Ayrim musiqa va san’at ta’limi muassasalarida o‘quvchilar soni binolarning loyiha quvvatidan yuqori ekani, mashg‘ulot xonalarining akustik holati talabga javob bermasligi, maxsus sinf xonalari va konsert zallari yetishmasligi qayd etilgan.

 

Kadrlar masalasida ham muammolar bor. Xususan, ayrim muassasalarda konsertmeysterlar hamda tor ixtisosliklar bo‘yicha pedagoglar yetishmaydi.

 

Shu munosabat bilan deputatlar madaniyat vaziridan san’at ta’limi muassasalarini zarur jihozlar va o‘quv-uslubiy vositalar bilan ta’minlash, ta’lim sifati va kadrlar salohiyatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, maktab-internatlarni tarbiyachilar bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘radi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.