O'zbekiston

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki olti oyida jinoyatchilikka qarshi kurashish va kiberjinoyatlarning oldini olish borasida qator choralar ko‘rildi. Natijada 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi hamda jinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklandi.

 

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hisobot davrida respublikadagi jinoyatchilik holati, jumladan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni aniqlash va oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilingan.

 

Markaziy bank bilan hamkorlikda joriy etilgan maxsus tizim orqali noqonuniy mablag‘larning bank tizimidan chiqarib yuborilishining oldi olingan.

 

Hisobot davrida jami 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan. Shuningdek, 4 011 ta o‘zboshimchalik bilan sodir etilgan jinoyat aniqlanib, 13 mingdan ortiq fuqaroga yetkazilgan 120 milliard 496 million so‘mdan ziyod moddiy zarar qoplangan.

 

Kiberjinoyatchilikning oldini olish maqsadida aholini ogohlantirish va tushuntirish ishlari ham kuchaytirilgan. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari orqali 23 milliondan ortiq fuqaro qamrab olingan.

 

Zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, xodimlarning tezkor faoliyati hamda fuqarolarning hamkorligi natijasida jinoyatlarni ochish ko‘rsatkichi 31,4 foizga yaxshilangan. Natijada fuqarolarga jami 1 trillion 365 milliard so‘m miqdoridagi moddiy zarar undirib berilgan.

 

Hisobot davrida sud va tergov organlaridan yashirinib, javobgarlikdan qochib yurgan 5 010 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. Shuningdek, yashash joyini tark etgan yoki bedarak yo‘qolgan 2 616 nafar fuqaroning manzili aniqlanib, ularning xavfsizligi ta’minlangan.

 

Joriy yilning dastlabki olti oyida respublikada jami 125 387 ta ommaviy tadbir o‘tkazilib, ularda 70 milliondan ortiq fuqaroning xavfsizligi ta’minlangan.

 

Shuningdek, hisobot davrida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 87 foizi ochilgani qayd etilgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatlarni prognoz qilish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Shu bilan birga, 476 ta mahallaning “qizil” toifada qolayotgani tanqidiy baholanib, ushbu hududlarda jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish va profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Hisobot davrida fuqarolardan jami 205 154 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 87,7 foizi qanoatlantirilgan, 11,3 foiziga malakali yuridik maslahat berilgan, 0,9 foizi esa qonunchilikda belgilangan tartib va asoslarga ko‘ra rad etilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi | Zamon.uz