O'zbekiston

Temuriylar davriga oid 50 ta tarixiy ashyo 3D formatda raqamlashtiriladi

Rossiya, Buyuk Britaniya va Turkiyadagi tarixiy ashyolarning 3D modeli, animatsiyasi va o‘zbek tilidagi ilmiy tavsifi tayyorlanadi.

Temuriylar davriga oid 50 ta tarixiy ashyo 3D formatda raqamlashtiriladi

 

O‘zbekistonda xorijiy muzey va kolleksiyalarda saqlanayotgan Temuriylar davriga oid tarixiy ashyolarni zamonaviy texnologiyalar yordamida raqamlashtirishga qaratilgan ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.

 

Temuriylar davri ilm-fan, me’morchilik, adabiyot, tasviriy va amaliy san’at yuksak rivojlangan davr sifatida jahon tamadduni tarixida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu davrga oid moddiy va madaniy merosning bir qismi bugungi kunda xorijiy muzeylar, kutubxonalar hamda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.

 

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Mustaqillikning 35 yilligi arafasida “Olima ayollar” tanlovi doirasida “Xorijiy muzeylarda saqlanayotgan temuriylarga oid ashyolarning 3D modeli va animatsion tasvirini yaratish” loyihasi moliyalashtirildi.

 

Loyihaning asosiy maqsadi Rossiya, Buyuk Britaniya va Turkiyadagi muzeylarda saqlanayotgan Temuriylar davriga oid 50 ta tarixiy ashyoning 3D modellarini hamda animatsion tasvirlarini yaratishdan iborat.

 

Loyiha doirasida mazkur davlatlardagi muzeylarga amalga oshirilgan amaliy safarlar davomida 50 ta tarixiy ashyoning yuqori sifatli fotomateriallari to‘plangan. Ushbu materiallar asosida ashyolarning raqamli 3D modellari yaratiladi.

 

Shuningdek, mavjud tarixiy kartinalar animatsiyaga aylantirilib, ular asosida videomahsulotlar tayyorlanadi. Har bir tarixiy ashyo uchun o‘zbek tilida ilmiy tavsif va annotatsiya ham ishlab chiqiladi.

 

Loyiha rahbari Dilafruz Qurbonovaning ta’kidlashicha, xorijda tarqoq holda saqlanayotgan Temuriylar merosini yagona raqamli va ilmiy axborot makoniga jamlash loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

 

Yaratiladigan 3D modellar muzeylar, ta’lim muassasalari, tadqiqotchilar va keng jamoatchilik uchun zamonaviy raqamli resurs vazifasini bajaradi. Shuningdek, Temuriylar tarixi davlat muzeyining temurid.uz sayti yangi ilmiy va vizual kontentlar bilan boyitiladi.

 

Raqamli materiallar tarixiy ashyolarni virtual muhitda namoyish etish, ularni keng auditoriyaga tanishtirish, ilmiy tadqiqotlar uchun foydalanish hamda madaniy turizmga qiziqishni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Loyiha doirasida yaratiladigan 3D modellar va animatsion mahsulotlarni intellektual mulk obyektlari sifatida huquqiy himoya qilish ham rejalashtirilgan.

 

Kelgusida ushbu raqamli mahsulotlar O‘zbekiston va xorijiy muzeylar o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni rivojlantirish hamda yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun xizmat qilishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Temuriylar davriga oid 50 ta tarixiy ashyo 3D formatda raqamlashtiriladi | Zamon.uz