O'zbekiston

Toshkentda Telegramdagi narkodo‘konning ikki “omborchisi” ushlandi

Ularning yashash manzillaridan 2 kilogramm gashish yog‘i, marixuana va gashish aniqlandi.

Toshkentda Telegramdagi narkodo‘konning ikki “omborchisi” ushlandi

 

Joriy yilning 3-avgust kuni IIV Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalari hamkorligida Toshkent shahrining Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida 1993-yilda tug‘ilgan shaxs hamda 1992-yilda tug‘ilgan, avval sudlangan uning jinoiy sherigi giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatayotgan vaqtida ushlangan.


 Ularning “Nexia-3” rusumli avtomobili ko‘zdan kechirilganda, 20 gramm gashish yog‘i aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.


 
Tergovga oid dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular 2025-yildan buyon Telegram platformasidagi narkodo‘konda omborchi sifatida faoliyat yuritib, oyiga qariyb 10 kilogrammgacha turli xil giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan.


 
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilarning yashash manzillari ham ko‘zdan kechirildi. Natijada u yerdan 2 kilogramm gashish yog‘i, marixuana va gashish, shuningdek, giyohvandlik vositalarini qadoqlash va tarqatishda foydalanilgan izolyatsion lentalar hamda boshqa ashyolar topilgan.


 
IIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbirlar natijasida jami 2 kilogramm 170 gramm, ya’ni taxminan 10 700 dozaga teng giyohvandlik vositalari iste’moldan olib qo‘yilgan.


 
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Telegramdagi narkodo‘konning ikki “omborchisi” ushlandi | Zamon.uz