Jahon

Tramp Erondan AQSh askarlari o‘limi uchun kompensatsiya talab qilmoqda

AQSh prezidenti bu masalani Tehron bilan kelgusidagi muzokaralarda ko‘tarishini aytdi.

Tramp Erondan AQSh askarlari o‘limi uchun kompensatsiya talab qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hukumatidan amerikalik harbiy xizmatchilarning o‘limi va jarohatlanishi bilan bog‘liq zararlar uchun kompensatsiya talab qilish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Trampning aytishicha, Vashington Eron bilan kelgusidagi muzokaralarda amerikalik harbiylarning turli mojarolar, jumladan, yo‘l bo‘yidagi portlashlar oqibatida halok bo‘lgani va yaralangani masalasini ko‘taradi.

 

AQSh prezidenti, shuningdek, so‘nggi 50 yil davomida Erondagi norozilik namoyishlarida jabrlangan fuqarolar oilalariga ham Eron tomonidan kompensatsiya to‘lanishi kerak, degan pozitsiyani ilgari surgan.

 

Tramp bu masalalarni AQShning Eron bilan bo‘lajak muzokaralarida aniq bayon qilish bo‘yicha o‘z vakillariga topshiriq berganini aytgan.

 

AQSh prezidenti, shuningdek, avvalgi mojarolar davomida amerikalik harbiylarning o‘limida Eronning javobgarligi borligini ta’kidlab, kompensatsiya talablarini kengaytirish niyatida ekanini bildirgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.